Barcha yangiliklar
#Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi
Gallery image 214143
Gallery image 214144
Gallery image 214145
Gallery image 214146
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
13 Avg 2026
16:58

#Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi

#deputatlik_faoliyati
#Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi

Albatta, aholining turmushi farovon, dasturxoni to‘kin, barakali bo‘lishida bozorlardagi narx-navo va yaratilgan shart-sharoitlar muhim o‘rin egallaydi.

Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibyat mudiri K.Umarboyev, kotibiyat bosh mutaxasisi I.Omonboev va shahar deputati M.To'laboyevalar tomonidan shahardagi "Dehqon bozorI"da o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida bozorlardagi veterinariya xizmati ish faoliyati, sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, bozor hududi va atroflarida sanitariya va gigiyenik qoidalarga nechog‘lik amal qilinayotganligi hamda savdo rastalari holatlari ko‘zdan kechirildi.

Shunigdek, bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi yuzasidan tanishib chiqdi.

Nurafshon shahri Kengashi axborot xizmati.