Barcha yangiliklar
Xitoylik investorlar bilan 30 million dollarlik istiqbolli loyiha yuzasidan kelishuvga erishildi
Gallery image 214130
Gallery image 214131
Gallery image 214132
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
13 Avg 2026
16:49

Xitoylik investorlar bilan 30 million dollarlik istiqbolli loyiha yuzasidan kelishuvga erishildi

 Delegatsiya a’zolari Xuayan shahri Xunsze iqtisodiy rivojlanish zonasida joylashgan "Tzyansu Xantsi chemical" kompaniyasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi. 

Kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning yillik quvvati 240 ming tonnani tashkil etadi, yiliga 60 million dollarlik mahsulot eksport qiladi. 

Kompaniya vakillari bilan "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida sanoat usulida oktan ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi