Barcha yangiliklar
Deputatlar aholi muammolarini xonadonbay o‘rganmoqda
Gallery image 214039
Gallery image 214040
Gallery image 214041
Gallery image 214042
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
13 Avg 2026
15:44

Deputatlar aholi muammolarini xonadonbay o‘rganmoqda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini xonadonbay o‘rganish va murojaatlarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari 6-Qiyot saylov okrugining Qiyot mahallasida o‘tkazildi. Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich deputat va mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda mahallani ko‘cha-ko‘cha kezib, xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan yuzma-yuz suhbatlashdi.
Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan, asosan, ichimlik suv ta’minotidagi uzilishlar, elektr energiyasining tez-tez o‘chishi, uy-joylarni ta’mirlash, soliq to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, davolanish uchun moddiy yordam olish kabi muammolar ko‘tarildi.
Har bir murojaat deputat va mahalla yettiligi tomonidan atroflicha tinglanib, mavjud imkoniyatlar doirasida tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy yechim talab etadigan ayrim masalalar esa nazoratga olindi.
Bunday sayyor o‘rganishlarning asosiy maqsadi — aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini topish hamda fuqarolarning murojaatlariga amaliy natija bilan javob berishdir.
Xalq bilan muloqot — muammoni eshitishdan emas, uning yechimini topishdan boshlanadi.