Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan qonun ijrosi yuzasidsn Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 213829
Gallery image 213830
Gallery image 213831
Gallery image 213832
Gallery image 213833
Gallery image 213834
Gallery image 213835
QULMUXAMEDOVA SEVARA QO‘LDOSHEVNA
13 Avg 2026
11:02

Deputat tomonidan qonun ijrosi yuzasidsn Akkurgan Kommunal BSK faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashi 12-“S Rahimov” okrugidan saylangan deputat, "O'zXDP" partiyasi a’zosi Nizomiddin Botirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunining 19¹-moddasida belgilangan vakolatlar doirasida Kommunal Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida "S Rahimov" mfy Furqat kochasidagi ko'p qavatli uy-joylarda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati, ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash, umumiy foydalanish hududlarining sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda BSK tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati doirasida mazkur masala yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==