Barcha yangiliklar
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
Gallery image 213774
Gallery image 213775
Gallery image 213776
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
13 Avg 2026
10:24

Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich tomonidan o‘z saylov okrugida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olish hamda uni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda hududdagi jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va hududda jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.