Barcha yangiliklar







ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
21 Iyul 2026
10:01
Hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan saylov okrugidagi hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallalarda hududlarni tozalash, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, jamoat joylarini obod qilish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va takliflar bildirildi.
Deputatlik nazorati doirasida hududlarni obod va farovon qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.