Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Umirov tomonidan hududda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda migratsiya masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Gallery image 213760
Gallery image 213761
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
21 Iyul 2026
10:01

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Umirov tomonidan hududda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda migratsiya masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi migratsiya jarayonlari, xorijga ishlash maqsadida ketgan fuqarolar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar, ularning oila a’zolari bilan muloqot holati, qaytib kelgan fuqarolarni bandlikka jalb etish hamda migratsiya sohasidagi murojaatlar tahlil qilindi.

Shuningdek, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish va migratsiya bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. O‘rganish yakunida mavjud masalalarni samarali hal etish hamda idoralararo hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.