Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Gallery image 213757
Gallery image 213758
Gallery image 213759
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
21 Iyul 2026
10:00

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri ishtirokida hududlarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish maqsadida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda sanitariya-tozalash ishlari tashkil etildi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida ko‘chalar va jamoat joylari tartibga keltirilib, atrof-muhit ozodaligi ta’minlanmoqda, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilinmoqda, yashil hududlar kengaytirilib, mahallalarning estetik qiyofasini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.