Barcha yangiliklar

ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
21 Iyul 2026
09:59
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari ishlab chiqilmoqda
Sessiyada muhokama etilishi rejalashtirilgan masalalarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, huquqiy asoslari, iqtisodiy va moliyaviy hisob-kitoblari, shuningdek, qarorlarning ijrosini ta’minlash mexanizmlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, qaror loyihalarini tayyorlash jarayonida tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va tahliliy materiallar o‘rganilib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan har bir masalaning puxta ishlab chiqilishi, amaliy ahamiyati va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shadigan hissasiga alohida e’tibor qaratildi.