Barcha yangiliklar
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
Gallery image 213663
Gallery image 213664
Gallery image 213665
Gallery image 213666
MATYUSUPOV SHOXIMARDON JOLOLADDINOVICH
13 Avg 2026
09:33

AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov, viloyat Kengashi deputati D.Niyazmetova, viloyat Kengashi bosh mutaxassisi U.Egamov hamda Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi bosh mutaxassisi Sh.Xudoyorov, tegishli tashkilot vakillari, mahallaning bir guruh faol fuqarolari hamda boshqa masʼullar ishtirokida oʻrganish oʻtkazildi.

📌 Xususan, Gurlan tumanidagi “Nurobod” mahallasida aholi turmush farovonligini oshirish, ichimlik suvi taʼminoti va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash masalalari boʻyicha oʻrganish oʻtkazilib, tegishli dalolatnoma tuzildi.

💧Ichimlik suvi taʼminoti: Mahalla hududidagi asosiy ichimlik suvi tarmogʻiga ulanish uchun tuman hokimligi tamonidan zarur jihozlar va “Xorazm suv taʼminoti” AJ tomonidan suv tarmogʻiga ulanishida amaliy yordam ko'rsatilishi belgilandi.