Barcha yangiliklar
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 213622
Gallery image 213623
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
13 Avg 2026
09:13

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Tashrif davomida yog‘och mahsulotlari, jumladan, karavot va boshqa mebel buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni va yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishildi.

Suhbat davomida tadbirkorlarning mavjud muammolari, takliflari va faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari tinglandi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirkorlar bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirish, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topishda ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi