Barcha yangiliklar
8-BAND IJROSI: Farovonlik MFYdagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Gallery image 213612
Gallery image 213613
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
13 Avg 2026
09:10

8-BAND IJROSI: Farovonlik MFYdagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining holati, mavjud muammolar hamda aholining yo‘l masalasidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, ayrim ichki yo‘llarning asfaltlash va ta’mirlashga ehtiyoji mavjudligi qayd etilib, ushbu masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar muhokama qilindi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va aholiga qulay sharoit yaratish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi