Barcha yangiliklar
#kotibiyat_mudiri_va_tuman_hokimining_o‘rinbosari 19¹-modda #24_ta_masala
Gallery image 213557
Gallery image 213558
Gallery image 213559
Gallery image 213560
Gallery image 213561
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 Avg 2026
21:49

#kotibiyat_mudiri_va_tuman_hokimining_o‘rinbosari 19¹-modda #24_ta_masala

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — tuman hududida joylashgan parklar, xiyobonlar va dam olish maskanlarining holatini o‘rganish hamda ularni yanada obodonlashtirish yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati, tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich va tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Mo‘minovlar tomonidan tumanning “Bo‘ston” mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, hududni yanada obod va zamonaviy dam olish maskaniga aylantirish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram