Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 213540
Gallery image 213541
Gallery image 213542
Gallery image 213543
Gallery image 213544
Gallery image 213545
Gallery image 213546
Gallery image 213547
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
12 Avg 2026
20:39

O‘rganish

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Mamurovaning deputatlik okrugiga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Shodiyeva  “Namuna” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati bilan tanishdi.

♻️Maskanning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, salohiyatini rivojlantirish, manzilli yordam ko‘rsatish hamda oilalarda sog‘lom va mustahkam muhitni shakllantirish borasidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

♻️Maskanda:
🔹 yosh nikohlanuvchilar uchun “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mashg‘ulotlari;
🔹 xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish;
🔹 ayollar uchun huquqiy maslahatlar;
🔹 tibbiy xizmatlar;
🔹 malakali psixologik ko‘mak xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

✅O‘rganish yakunida maskan faoliyatini yanada takomillashtirish, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.