Barcha yangiliklar
Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.
Gallery image 213492
Gallery image 213493
Gallery image 213494
Gallery image 213495
Gallery image 213496
Gallery image 213497
Gallery image 213498
Gallery image 213499
Gallery image 213500
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
12 Avg 2026
19:37

Maktabgacha ta’lim tashkilotida aniqlangan muammolar deputatlar ko‘magida ijobiy hal etildi.

🔹 Joriy yilning 15-iyul kuni Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlari D.Xamraqulov, A.Sirojiddinov hamda Sanitariya-epidemiologik qo‘mita Bag‘dod tuman bo‘limi boshlig‘i Sh.Erkinjonov bilan hamkorlikda “Chekmirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 52-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borilgan edi.

🔹 O‘rganish davomida ta’lim tashkiloti binosidagi foydalanilmayotgan xonalardan samarali foydalanib, qo‘shimcha guruh tashkil etish orqali 30 nafar bolani maktabgacha ta’lim bilan qo‘shimcha qamrab olish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.

✅ Mazkur masala deputatlar ko‘magida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilib, zarur ruxsatnomalar olindi. Natijada qo‘shimcha guruh tashkil etilib, yana 30 nafar bolani maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyati yaratildi.

✅ Shuningdek, hudud deputati A.Sirojiddinovning bevosita ko‘magi bilan tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy hojatxona qurib bitkazildi hamda tashkilot yotoqxona jihozlari bilan ta’minlandi.