Barcha yangiliklar
Muammo bilan yuzma-yuz
Gallery image 24876
Gallery image 24877
Gallery image 24878
EGAMOV UMIRBEK QODIRBERDIYEVICH
23 Yan 2025
17:38

Muammo bilan yuzma-yuz

 Bugun xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Ravshan Karimov va xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Yulduzoy Toshpoʻlatova Xiva tumani, Chonashik mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolari bilan qiziqdilar.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ichki xoʻjalik yoʻllari taʼmirtalab holga kelib qolgani, ishga joylashish, moddiy yordam, davolanish uchun dori-darmon masalalari kabi turli mazmundagi muammolar bildirildi.  

Yechimi kutilgan muammolar yuzasidan tez fursatda tegishli idora va tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari yuborildi va yechimi muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Xalq manfaati yoʻlida xizmat qilishni oʻzining sharafli burchi deya oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashayotgan fidoyi deputatlar tomonidan joylarda fuqarolar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.