Barcha yangiliklar
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
Gallery image 213265
Gallery image 213266
Gallery image 213267
Gallery image 213268
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
12 Avg 2026
18:14

“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L. Ergasheva hamda Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolovlar hamkorligida “Aleli” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun qurilayotgan mahalla guzari hududida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishdilar.

✅O‘rganish davomida mahalla guzari qurilishining bugungi holati, bajarilgan ishlar sifati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Qurilish jarayonida belgilangan me’yor va talablarga rioya etish, hududni obodonlashtirish hamda guzarning aholiga qulay va zamonaviy sharoitlar yaratadigan maskanga aylantirilishi muhimligi ta’kidlandi.

✅Mahalla guzari aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, turli tadbirlarni o‘tkazish, fuqarolar uchun qulay muloqot va xizmat ko‘rsatish muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Mas’ullarga qurilish-montaj ishlarini sifatli tashkil etish, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda obyektning foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.