Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi bo'lib o'tdi
Gallery image 24852
Gallery image 24853
Gallery image 24854
Gallery image 24855
Gallery image 24856
Gallery image 24857
Gallery image 24858
Gallery image 24859
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
23 Yan 2025
17:19

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi bo'lib o'tdi

Senat yalpi majlisida Surxondaryo viloyat studiyasidan hududdan saylangan Senatorlar, yoshlar parlamenti a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi doimiy komissiya raislari, tegishli mas’ullar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Yalpi majlis birinchi ish kunida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonun loyihalari senatorlar tomonidan muhokama qilindi va ma'qullandi.

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi ertaga 24-yanvar kuni davom etadi.