Barcha yangiliklar
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Gallery image 213219
Gallery image 213220
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
12 Avg 2026
18:04

KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotiga daxldor muammo va takliflari tinglanib, mavjud masalalar joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallaning Bo‘ston ko‘chasiga shag‘al yotqizish va yo‘l holatini yaxshilash zarurligi bo‘yicha saylovchilar tomonidan taklif bildirildi.

Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda masalaning ijobiy hal etilishini nazoratga olish belgilandi.

Aholi murojaatlari — e’tibor va deputatlik nazoratida!