Barcha yangiliklar



NODIROV RUSTAM NEMATILLAYEVICH
12 Avg 2026
17:51
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov tomonidan o‘zi
saylangan Go‘zal mahalla fuqarolar yig‘inida kotibiyat bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinov ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar, ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash hamda kundalik turmushda uchrayotgan dolzarb masalalar
yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, huquqiy jihatdan asoslangan
tushuntirishlar berildi. Ijrosi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar
nazoratga olinib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan
tegishli tashkilotlarga yuborilishi ma’lum qilindi.