Barcha yangiliklar
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
Gallery image 213098
Gallery image 213099
Gallery image 213100
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
12 Avg 2026
17:10

Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Yangiobod mahallasi fuqarosi Sanjar Olimovning ichimlik suvi bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik masalasidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganish davomida fuqaroning bildirgan muammosi, ichimlik suvi xizmatlari bo‘yicha hisob-kitoblar hamda qarzdorlik bilan bog‘liq holat yuzasidan tegishli ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
📌 Fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarga aniqlik kiritish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash Kengash kotibiyatining muhim vazifalaridan biridir.
Murojaat bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.