Barcha yangiliklar
Kutubxona-axborot markazi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 213056
Gallery image 213057
Gallery image 213058
Gallery image 213059
Gallery image 213060
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
12 Avg 2026
16:57

Kutubxona-axborot markazi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri G.Bobojonova tumandagi Kutubxona-axborot markazi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari, mavjud adabiyotlar fondi hamda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kutubxona-axborot markazining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash,
kitob fondini zamonaviy va yangi adabiyotlar bilan boyitish, aholiga sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish va aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.