Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
Gallery image 213041
Gallery image 213042
Gallery image 213043
Gallery image 213044
Gallery image 213045
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
12 Avg 2026
16:52

Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Jumladan, 5-mikrorayondagi 164-, 165-, 166-, 167- va 168-sonli ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “BioTEХ Servis” boshqaruv kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida uylar atrofini obodonlashtirish, tashqi yoritish, kuzatuv kameralari, kirish yo‘laklariga domofonlar o‘rnatish, shuningdek, bolalar maydonchalarining holati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Xususan, bolalar maydonchalarining ta’mirtalab va foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani qayd etilib, hududni obodonlashtirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi