Barcha yangiliklar
Ta’lim uchun qulay muhit zarur - deputatlik nazorati doirasida dastur ijrosi o‘rganildi
Gallery image 212989
Gallery image 212990
Gallery image 212991
Gallery image 212992
Gallery image 212993
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
12 Avg 2026
16:37

Ta’lim uchun qulay muhit zarur - deputatlik nazorati doirasida dastur ijrosi o‘rganildi

 Mazkur ta’lim muassasasida mavjud 300 o‘rinli o‘quv binosini mukammal ta’mirlash hamda yangi o‘quv binosini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Tender savdolari natijasida “Far bino qurilich” MCHJ g‘olib deb topilgan bo‘lib, ob’yektning umumiy qiymati 11 miliard 360 million so‘mni tashkil etadi. 

O‘rganishlar davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra: maktabdagi barcha qurilish-ta’mirlash ishlari to‘xtab qolgani, belgilangan rejaga-grafik asosida ishlar tashkil etilmayotgani aniqlandi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddilarga deputat so‘rovlari yuboriladi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi