Barcha yangiliklar
GO‘ZAL MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Gallery image 212981
Gallery image 212982
Gallery image 212983
Gallery image 212984
NODIROV RUSTAM NEMATILLAYEVICH
12 Avg 2026
16:35

GO‘ZAL MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 GO‘ZAL MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish mahallaning A.Jomiy ko‘chasida o‘tkazildi. Ko‘chaboshi
R.O‘rinboyev bilan birgalikda ko‘cha aylanilib, muammolar yuzasidan so‘z
yuritildi.
 

Ko‘chaboshi bilan suhbat davomida ko‘chasidagi elektr tayanch ustunlarining
yaroqsiz holatga kelib qolayotgani, almashtirish zarurligi masalasi ko‘tarildi.
 

Deputat tomonidan mazkur masala o‘rganilib, uni hal etish maqsadida
tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, tuman hokimligiga
taqdim etish yuzasidan mahalla mas’uliga tavsiya berdi. Shu o‘rinda ushbu
muammoni hal etish masalasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.
 

Muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, ijrosi deputat
nazoratiga olindi.