Barcha yangiliklar
#Boshqaruv kompaniyalari faoliyat
Gallery image 212979
Gallery image 212980
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
12 Avg 2026
16:33

#Boshqaruv kompaniyalari faoliyat

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Tursunbayev #Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samara-dorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatini o'rgandi.

Aholi farovonligi va yashash sharoitlari ko‘p jihatdan boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyatiga bog‘liq. Navbatdagi o‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylardagi bugungi holat ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish markazida quyidagi masalalar bo‘ldi:

Tozalik darajasi va ta’mirlanganlik holati;

Muhandislik tarmoqlarining (suv, oqova suv) sozligi;

Hududlar obodonlashtirilishi va chiqindilardan xoliligi;

Tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlovchi yoritish tizimlarining ishlashi.

Afsuski, ayrim hududlarda BSKlar tomonidan xizmat ko‘rsatish oqsayotgani, yerto‘lalarda namlik va yo‘laklarda yoritish muammolari borligi aniqlandi.