Barcha yangiliklar
Yoshlar siyosati: amaliy o‘rganish
Gallery image 212952
Gallery image 212953
AITMURATOV KURALBAY TENELBAEVICH
12 Avg 2026
16:19

Yoshlar siyosati: amaliy o‘rganish

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyat mudiri A. Ibragimov tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Amaliy o‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish va mavjud masalalarni tizimli hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.