Barcha yangiliklar
ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 212926
Gallery image 212927
Gallery image 212928
Gallery image 212929
Gallery image 212930
Gallery image 212931
Gallery image 212932
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
12 Avg 2026
16:10

ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

 ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari Z.Hakimov va B.Sharipov,
shuningdek, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan So‘fi mahalla
fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil
11- oktabrdagi 665-son qarori ijrosi doirasida ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan talablarga
muvofiqligi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda aholi
uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini ta’minlash masalalariga
alohida e’tibor qaratildi.
 

Mas’ullarga ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli
yakunlash, qurilish materiallaridan samarali foydalanish, shuningdek, yo‘llarning
foydalanishga yaroqli va xavfsiz holatini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya
va ko‘rsatmalar berildi.