Barcha yangiliklar
#_deputat_faoliyati  #_24_ta_masala  Alisher Navoiy mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 212914
Gallery image 212915
Gallery image 212916
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
12 Avg 2026
16:07

#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Alisher Navoiy mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Alisher Navoiy mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi


Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati L.Mardonova, xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "23-Aeroport" saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan tumandagi Alisher Navoiy mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va hududni ko‘rkamlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar, ariq va zovurlarning holati, sanitariya-tozalik ishlari hamda umumiy obodonlashtirish tadbirlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda mavjud infratuzilmani yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mahallani chiqindilardan tozalash, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, sug‘orish tarmoqlarini soz holatda saqlash hamda umumiy obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalikni ta’minlash, yashil maydonlarni kengaytirish va aholining farovon yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar bundan buyon ham tizimli ravishda davom ettiriladi.