Barcha yangiliklar
Deputat aholi bilan bevosita muloqot qildi
Gallery image 212813
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
07 Avg 2026
00:00

Deputat aholi bilan bevosita muloqot qildi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Mirjamol Mirsaidov o‘z saylov okrugidagi "Istiqlol" mahallasi 2-ko‘chasida bo‘lib, hudud holati hamda aholi turmush sharoitini o‘rgandi.

📌Uchrashuv davomida ko‘cha boshi hamda ushbu hududda yashovchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish, daraxtlarni butalash, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash va sanitariya holatini yaxshilashga oid taklif va murojaatlar bildirildi.

✅Deputat har bir masala yuzasidan aholi fikr-mulohazalarini tinglab, murojaatlarni deputatlik nazoratiga olish uchun qayd etdi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.