Barcha yangiliklar







KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 Avg 2026
12:33
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Soatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda “Yangi Sirdaryo” gazetasi muharriri B.Boymurodov tomonidan 3-Islomobod saylov okrugida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqarolarning hududdagi mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullar bilan tegishli tartibda ish olib borish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, aholining murojaatlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganilishi belgilandi.