Barcha yangiliklar
Xalqning dardi-deputatning dardi!
Gallery image 24794
Gallery image 24795
Gallery image 24796
Gallery image 24797
XAMROKULOV ASHRAFJON XABIN O‘G‘LI
23 Yan 2025
14:39

Xalqning dardi-deputatning dardi!

 Jomboy tumani Sarqipchoq
mahallasi Yetti urug‘ qishlog‘idagi fuqaro Yarmatov Fozilning uyining orqasidagi
joydan yo‘l ajratish xususida fuqaro Sultonov Saidrahmon bilan ancha muddatdan
buyon
kelishmovchilik yuzaga kelgan bo‘lib,
ushbu muammo xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi 11-G‘azira saylov okrugidan
saylangan
deputat To‘rayev Nodir
Nasrullayevich hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda borib o‘rganildi.
Ushbu muammo yuzasidan deputat N.To‘rayev tomonidan tegishli tashkilotlar va
mutasaddilar jalb qilinib
muammo joyida ijobiy
xal etildi va ikki qo‘shni murosaga keltirildi.