Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
12 Avg 2026
10:55
📚 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida!
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi X. Sultonov tumandagi 2-son Politexnikumda bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
🔎 Tashrif davomida ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅ Asosiy maqsad — yangi o‘quv yilini munosib kutib olish va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini ta’minlash