Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
12 Avg 2026
10:52
📌 Ko‘chama-ko‘cha yurib, muammo joyida aniqlandi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati J. Quryazov mahallada ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan muloqot qilish va mavjud muammolarni aniqlash jarayonida Al-Xorazmiy ko‘chasi 4/2-uyda yashovchi fuqaro I.M ning murojaatini o‘rgandi.
🐕 Fuqaro tomonidan ko‘chadagi daydi itlarni zararsizlantirish masalasi ko‘tarildi. Muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
📌 Ko‘chama-ko‘cha yurish — muammoni joyida ko‘rish, aholi murojaatini eshitish va uning yechimi uchun amaliy qadam tashlashdir!