Barcha yangiliklar
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Gallery image 212524
Gallery image 212525
Gallery image 212526
Gallery image 212527
Gallery image 212528
Gallery image 212529
Gallery image 212530
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
12 Avg 2026
10:17

Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘stqulova o‘z saylov okrugida joylashgan Nurli Pangat mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan hashar tashkil etdi.

Hashar davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, umumiy foydalanish joylari va xonadonlar atrofi tartibga keltirilib, tozalash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tadbirda mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etib, hududning sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni obod saqlash hamda mahallada tozalik va tartibni ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan suhbat davomida mahallani yanada obod va ko‘rkam qilish, hududni doimiy ravishda toza saqlash hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Obod mahalla — farovon hayot garovi!