Barcha yangiliklar







KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 Avg 2026
08:42
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov hamda tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan Bo‘ston mahallasi Yuksalish ko‘chasi ko‘cha boshisi M.Muhiddinov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida M.Muhiddinov tomonidan yoz oylarida, ayniqsa, issiq kunlarda ichimlik va oqova suv ta’minotida muammolar yuzaga kelishi mumkinligi, bunday holatlarning oldini olish maqsadida oldindan zarur choralarni ko‘rish lozimligi bildirildi.
Mazkur masala deputatlar tomonidan nazoratga olinib, muammoni o‘rganish va uning oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.