Barcha yangiliklar







KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 Avg 2026
08:34
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan “Yangi hayot” MFY binosida mahalla hududining obodonligi va sanitariya-tozalik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla binosi hovlisi va uning atrofidagi hududning tozaligi, obodonlashtirish ishlari hamda hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan hududni doimiy ravishda ozoda va obod saqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.