Barcha yangiliklar









KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 Avg 2026
08:31
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamova tomonidan Ahillik mahallasi Mirzacho‘l ko‘chasida ko‘cha boshisi K.Isakova bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.
Uchrashuv davomida ko‘cha boshisi tomonidan ko‘chada oqar suv tizimi mavjud emasligi sababli aholi xonadonlaridagi tomorqa yerlaridan samarali foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, ko‘chada tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi ham muammo sifatida ko‘tarildi.
Mazkur murojaat va takliflar deputat tomonidan nazoratga olinib, muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.