Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati
Gallery image 212435
Gallery image 212436
Gallery image 212437
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
11 Avg 2026
20:14

#Deputat_faoliyati


♻️Zangiota tumanida mahallalarni obod va farovon hududlarga aylantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar deputatlar nazoratida.

✅Navbatdagi o‘rganish jarayonida Zangiota tumani Kengashi deputati A.Shapovalov hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Q.Berdiboyev tomonidan “Bog‘zor” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida mahallani obodonlashtirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib va qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

✅Deputatlar tomonidan hududdagi mavjud masalalar hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Obod mahalla — farovon hayot garovi!