Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 212432
Gallery image 212433
Gallery image 212434
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
11 Avg 2026
20:13

O‘rganish

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati N.Bayzakova Ulug‘bek qishloq vrachlik punktida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Zangiota tumani tibbiyot birlashmasida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida tibbiyot punktining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ulug‘bek qishloq vrachlik punkti 6 424 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Muassasada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish va fuqarolarning tibbiy murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Deputat tomonidan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.