Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 212409
Gallery image 212410
Gallery image 212411
Gallery image 212412
Gallery image 212413
Gallery image 212414
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
11 Avg 2026
19:55

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏡 G‘ambur mahallasida 4 ta xonadon egasining huquqlari e’tirof etildi

📜 O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida fuqarolarning yer va mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
📍 Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Davlat kadastr palatasi Sherobod tumani bo‘limi boshlig‘i Z. Qodirov ishtirokida tumanning G‘ambur mahallasida huquqlari e’tirof etilgan 4 ta xonadon egalariga tegishli hujjatlar shaxsan olib borib topshirildi.
🏠 Mazkur qarorga muvofiq, ro‘yxatda nazarda tutilgan yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalariga 99 yil muddatga ijara huquqi, shuningdek, ularda qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etildi.
🤝 Bu esa fuqarolarning yillar davomida foydalanib kelayotgan uy-joy va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy jihatdan mustahkamlash, ularning mulkiy manfaatlarini ta’minlashda muhim qadamdir.
📑 E’tirof etilgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha ham tegishli choralar ko‘riladi.
✅ Inson manfaati, fuqaro huquqi va mulkiy manfaatlar — doimo e’tiborda!

🏡 Qonuniy huquq — xotirjam hayot va farovon kelajak kafolati!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.