Barcha yangiliklar
BUDJET MABLAGʻLARINING MAQSADLI SARFLANISHI OʻRGANILDI
Gallery image 212385
Gallery image 212386
Gallery image 212387
Gallery image 212388
Gallery image 212389
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
11 Avg 2026
19:23

BUDJET MABLAGʻLARINING MAQSADLI SARFLANISHI OʻRGANILDI

Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Bobojonov hamda Dehqonobod mahallasidan saylangan deputat U.Ibrohimov bilan birgalikda mahalladagi joriy taʼmirlanayotgan oilaviy poliklinikada olib borilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdilar.

Oʻrganish davomida binoda 27 nafar quruvchi mehnat qilayotgani, ichki qismini toʻliq taʼmirlash ishlari boshlanganligi, isitish tizimini yangilash hamda elektr tarmogʻini modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotgani maʼlum boʻldi.

Loyiha doirasidagi qurilish-taʼmirlash ishlarini sentyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.

Qurilish va taʼmirlash ishlarining sifatli, belgilangan talablar asosida hamda oʻz vaqtida yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi.