Barcha yangiliklar
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 212318
Gallery image 212319
Gallery image 212320
Gallery image 212321
Gallery image 212322
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
11 Avg 2026
19:00

“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Xususan, Qog‘ozgarlik ko‘chasi 15/1-uyda yashovchi fuqaro Radjapova Qurbonoy murojaat qilib, o‘ziga himoya orderi ajratilishi yuzasidan amaliy yordam so‘radi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi