Barcha yangiliklar
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 212315
Gallery image 212316
Gallery image 212317
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
11 Avg 2026
18:55

“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Xususan, Bur­chilik 2/74-uyda yashovchi fuqaro Xalilova Muslima turmush o‘rtog‘i bilan yuzaga kelgan nizoli vaziyat yuzasidan murojaat qilib, amaliy yordam so‘radi.

Murojaat o‘rganilib, fuqaroning xavfsizligini ta’minlash va qonunchilikda belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘rish, jumladan, himoya orderi rasmiylashtirish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishiga kelishib olindi.

Mazkur murojaat deputat N.Shomatov nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani ijobiy hal etish choralari belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi