Barcha yangiliklar
“Davronbek” mahallasida “Agrokimyo” tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Gallery image 212313
Gallery image 212314
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
11 Avg 2026
18:53

“Davronbek” mahallasida “Agrokimyo” tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan “Agrokimyo” tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar, tashkilotning bugungi faoliyati hamda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan asosiy vazifalar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, tashkilot hududidagi ekologik vaziyat, atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunida hududdagi ekologik holatni barqaror saqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tashkilot faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi