Barcha yangiliklar
📌 Ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
Gallery image 212307
Gallery image 212308
Gallery image 212309
Gallery image 212310
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
11 Avg 2026
18:53

📌 Ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Medetova Asiya Nizamatdinovna topshirig‘iga asosan “Xalqlar do‘stligi” MFY hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

🏗 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning holati hamda hududdagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar qayd etildi.

🔍 Shuningdek, qurilish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasassislar bilan fikr almashildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha qayd etilgan ma’lumotlar va qurilish ishlarining holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi.