Barcha yangiliklar
Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
Gallery image 212298
Gallery image 212299
Gallery image 212300
Gallery image 212301
Gallery image 212302
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
11 Avg 2026
18:42

Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich topshirig‘iga asosan “Markaziy” MFY hududida amalga oshirilayotgan kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

🏗 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi va hududdagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar qayd etildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha qayd etilgan ma’lumotlar va ishlarning holati yuzasidan deputatga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi.

🤝 Mazkur o‘rganishlar infratuzilma loyihalarining joylardagi ijrosini kuzatish va aniqlangan masalalarni deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqishga xizmat qiladi.