Barcha yangiliklar
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
Gallery image 212264
Gallery image 212265
Gallery image 212266
Gallery image 212267
Gallery image 212268
Gallery image 212269
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
11 Avg 2026
17:57

Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda.

🏫 Navbatdagi manzil — 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi. O‘rganish davomida ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

🔍 Xususan, maktabdagi sport inventarlari, o‘quv xonalari uchun partalar hamda qozonxonalardagi mavjud kamchiliklar qayd etildi.

📋 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

📚 O‘quv yilini sifatli tashkil etish uchun ta’lim muassasalaridagi mavjud kamchiliklarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.