Barcha yangiliklar
#hududdagi_jinoyatchilikka qarshi kurash
Gallery image 212078
Gallery image 212079
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
11 Avg 2026
15:58

#hududdagi_jinoyatchilikka qarshi kurash

Jinoyatchilikdan xoli mahalla sari: “Qizil” va “sariq” hududlar nazoratda.

Nurafshon shahrida aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari doimiy e’tiborda.

Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev, Yoshlar maslahat guruhi raisi I.Omanboyevalar tomonidan #hududdagi_jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagilarga urg‘u berildi:
🔹 Jinoyatchilik o‘choqlarini aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlari;
🔹 Mahallalardagi profilaktika inspektorlari va “yettilik” tizimining hamkorligi;
🔹 Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan tizimli ishlash holati.

"Maqsadimiz — har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli, xavfsiz hududga aylantirish va aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir", — dedi K.Umarboyev o‘rganish jarayonida.