Barcha yangiliklar
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 212071
Gallery image 212072
Gallery image 212073
Gallery image 212074
Gallery image 212075
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
11 Avg 2026
15:53

Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdusllayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Titan Maxima” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarda aholi uchun yaratilgan sharoitlar, umumiy foydalanishdagi joylarning sanitariya holati, uy-joy mulkdorlariga ko‘rsatilayotgan kommunal va boshqaruv xizmatlarining sifati, shuningdek, uylarning umumiy mol-mulkini saqlash va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismi joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mazkur hududda tartibga keltirish ishlari yetarli darajada amalga oshirilmagani aniqlandi. Yerto‘lada sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, ortiqcha buyum va chiqindilarni bartaraf etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari atrofini tartibga keltirish hamda umumiy texnik holatni nazoratga olish zarurligi qayd etildi.


🔺Deputat tomonidan boshqaruv servis kompaniyasi mas’ullari bilan muloqot qilinib, ko‘p qavatli uyning umumiy foydalanishdagi qismlariga, xususan, yerto‘la, kirish yo‘laklari, zinapoyalar va boshqa umumiy hududlarga xizmat ko‘rsatish ishlarini sifatli tashkil etish zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin